Tramp bosh prokurorni nega lavozimidan bo‘shatdi? (+video)
Pamela Bondi AQSH bosh prokurori lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi DW nashri.
Uning o‘rniga o‘rinbosari Todd Blansh tayinlandi. Bu Tramp jamoasida bir oy ichida ikkinchi vazirning ishdan olinishidir. AQSH prezidenti Donald Tramp Pamela Bondini lavozimidan bo‘shatganligi haqidagi xabarni bir qator OAV e’lon qildi.
Fox News ma’lumotiga ko‘ra, Tramp 1aprel kuni kechqurun Bondi bilan Oq uyda uchrashgan. CNN ma’lumotiga ko‘ra, Tramp keyinchalik Pamela Bondini sudya lavozimiga tayinlashini aytgan. U Truth Social tarmog‘ida: “Biz Pemni qadrlaymiz, u yaqin orada xususiy sektorda muhim lavozimga o‘tadi”, deb yozgan. Pem Bondi ishdan olinganidan bir kun o‘tib X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berdi. U ishonchi uchun Trampga minnatdorlik bildirdi.
CNN yozishicha, Pamela Bondi ishdan olinishi biznesmen Epshteyn ishi bilan bog‘liq. Shuningdek, u prezident raqiblariga qarshi yetarlicha qat’iy chora ko‘rmagani uchun tanqid qilingan. Pamela Bondi 2011–2019-yillarda Florida shtati bosh prokurori bo‘lib ishlagan.
Trampning ikkinchi prezidentlik davrida u AQSH bosh prokurori lavozimiga kelgan. Bondi 2019-yilda Trampga qarshi impichment jarayonida uning advokatlaridan biri bo‘lgan va boshqa sud ishlarida ham uni faol himoya qilgan.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Pamela Bondi Epshteyn ishi bo‘yicha 14-aprel kuni qasamyod asosida ko‘rsatma berishi kutilmoqda. Pamela Bondiga Epshteynga aloqador nufuzli shaxslar nomlarini yashirgan, degan ayblovlar ham qo‘yilmoqda.
<iframe width="484" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/Pexl4n389rU" title="Trampbosh prokurorni nega lavozimidan bo‘shatdi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe> Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA