To‘ydan oldin saylov uchastkasiga
Yurtimiz va o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz bugun o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etmoqda.
Urgutlik Tolibjon Kamolov va Feruza Turonova hayotida bugun unutilmas kun. Ular oila qurib, yangi hayot ostonasiga qadam qo‘ymoqda. Yosh kelin-kuyov nikohdan o‘tish uchun sayrga chiqishdan oldin o‘zlari istiqomat qilayotgan Bekravot mahalladagi 1017-saylov uchastkasiga borib, munosib nomzodga ovoz berdi.


– Albatta, to‘y bizning hayotimizdagi eng baxtiyor, unutilmas kun, – deydi Tolibjon Kamolov. – Lekin Prezident saylovi davlatimiz, butun xalqimiz hayotiga, ertangi kuniga daxldor masala. Shuning uchun dastlab saylov uchastkasiga kelib, ovoz berishda qatnashdik.
G‘.HASANOV,
A.ISROILOV (surat), O‘zA