Toshova Nozima Rajabboyevnaning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida
“Hovuz baliqchiligida soya sutidan foydalangan holda karpsimon baliqlar chavog‘ini yetishtirishning biologik asoslari” mavzusida
Toshova Nozima Rajabboyevnaning 03.00.15-“Ixtiologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Hovuz baliqchiligida soya sutidan foydalangan holda karpsimon baliqlar chavog‘ini yetishtirishning biologik asoslari” mavzusidagi biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 30-sentyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent viloyati, 100164, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy, Toshkent davlat agrar universiteti, Bosh binosi ilmiy kengash majlislar xonasi.
Tel.: (+99871) 260-48-00; (+99871) 260-47-70 faks: (+99871) 260-38-60
e-mail: tuag-info@edu.uz