Toshkentdan Urganchga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Qayd etilishicha, yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish maqsadida 2022 yilning 18-20-23-25-27-30 dekabr va 2023 yilning 3-6-8-10-13-15 yanvar kunlari Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 12 ta qatnov yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi — Toshkent 00:05 — Urganch 14:23;
155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishi — Urganch 17:35 — Toshkent 06:54.
Qo‘shimcha ma’lumotni joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
O‘zA