Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo cho‘llari bo‘yicha tashabbus” loyihasi doirasida 2-3 dekabr kunlari Mo‘’tadil cho‘llar bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada tadqiqotchilar, ilmiy muassasalar vakillari, shuningdek, mahalliy va xalqaro universitetlar talabalari, xalqaro tashkilotlardan ekspertlar ishtirok etdi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Germaniyaning Grayfsvald universiteti va Maykl Zukkov jamg‘armasi tadbirning asosiy tashkilotchilari sifatida qatnashdi.

Konferensiya mo‘’tadil cho‘l hududlarini rivojlantirish va saqlash imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek, yerlarni barqaror boshqarish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar haqida xabardorlikni oshirish, mo‘’tadil cho‘l hududlari ekotizimlarida bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha bilimlarni tarqatish uchun yaxshi platformaga aylandi.

Qayd etildiki, Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonning mo‘’tadil cho‘llari Markaziy Osiyoning biologik xilma-xillikni saqlash uchun global ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqalar qatoriga kiradi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlar Jahon merosi ob’ektlari maqomini olish uchun da’vogar bo‘lishi mumkin. 

Bu o‘ziga xos landshaftlar, hayvonlarning noyob turlari, jumladan, yovvoyi jayron, qulonlarning yashashini ta’minlaydi. Ular, shuningdek, burgut, tuvaloq va lochin kabi qush turlari uchun muhim uya qurish hamda ko‘chib o‘tish joylari bo‘lib xizmat qiladi.

Ammo hozirgi vaqtda tabiiy resurslardan haddan tashqari foydalanish va keng ko‘lamli infratuzilmalar qurilishi sababli ushbu hududlar xavf ostida qolayotgani ham e’tiborga olindi, atroflicha muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan mazkur loyiha 2016 yildan buyon Grayfsvald universiteti, Maykl Zukkov jamg‘armasi va FAO tomonidan Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonda amalga oshirib kelinmoqda.

– Loyiha global ahamiyatga ega noyob ekotizimlari bo‘lgan mo‘’tadil cho‘llarni saqlash va barqaror foydalanishga qaratilgan. Markaziy Osiyo yer sharining eng katta qit’asi markazida joylashgan biologik xilma-xillikning global o‘chog‘i hisoblanadi, – dedi “Markaziy Osiyo cho‘llari bo‘yicha tashabbus” loyihasining O‘zbekistondagi Milliy koordinatori Narimon Nishonov. – Mintaqada ko‘plab noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon va qush turlarining yashash hamda ko‘payish joylari, migratsiya yo‘laklari va uchish yo‘nalishlari mavjud.

Loyiha doirasida, shu jumladan, mo‘’tadil cho‘llarning qiyin sharoitlarida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan aholi qo‘llab-quvvatlanadi.

Loyiha faoliyati junni qayta ishlash, tikuvchilik, sutni qayta ishlash, oilalarni asalarichilik uchun uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek, urug‘lik va ko‘chatlar tarqatish kabi muhim tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, xotin-qizlar o‘rtasida hunarmandchilik turlarini rivojlantirish, issiqxonalarda ko‘chatchilik tashkil qilish, asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv treninglari o‘tkazilmoqda.

B. Xudoyberdiyev, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Mo‘’tadil cho‘llar bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi