Toshkentda katta tennis bayrami
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir boshlandi.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir boshlandi.
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimidan joy olgan musobaqada o‘ndan ziyod davlatdan kelgan tennischilar yakkalik va juftlik bahslarida kuch sinashmoqda.
Mazkur turnirning yakkalik bahslari birinchi davrasida iqtidorli tennischimiz Jo‘rabek Karimov Janubiy Koreya vakili Yyeongseok Jeongni 6:2, 6:0 hisobida yengdi. Sharofiddin Abzalov latviyalik Gustavs Lukstins, Humoyun Sultonov Buyuk britaniyalik Luis Nyuman ustidan g‘alaba qozondi.
Musobaqa davom etmoqda.