Toshkentda internet yanada tezlashdi: Beeline Uzbekistan tarmoq refarmingini amalga oshirdi
Beeline Uzbekistan Toshkentda chastotalarni refarming qilishni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli tarmoq modernizatsiyasini amalga oshirdi. Natijada mobil internet tezroq va barqarorroq ishlay boshladi — ayniqsa zich shahar qurilishi sharoitida.
Refarming — bu yangi baza stansiyalarini qurmasdan tarmoq sig‘imini va uzatiladigan ma’lumotlar hajmini oshirish imkonini beruvchi radiochastotalarni qayta taqsimlash jarayonidir. Ushbu jarayon doirasida operator LTE 2100 qo‘shimcha diapazonidan foydalanishni boshladi, bu diapazon allaqachon poytaxtdagi barcha internet-trafigining taxminan 15 foizini ta’minlamoqda.
Bundan tashqari, kompaniya LTE Low-Band uskunalarini joriy etdi — bu binolar ichida barqaror signal ta’minlash uchun mo‘ljallangan texnologiya bo‘lib, foydalanuvchilar uchun uzluksiz aloqa eng muhim bo‘lgan joylarda sifatli ulanishni kafolatlaydi.
Modernizatsiya natijasida ma’lumotlarni uzatish tezligi (DL User Throughput) 40 foizdan ko‘proqqa oshdi. Misol uchun, avval taxminan 10 soniyada yuklab olingan fayl endi 6 soniyada yuklanadi.
Foydalanuvchilar ham internetdan yanada faolroq foydalanmoqda: 2025-yilga nisbatan iste’mol qilinadigan trafik hajmi 60 foizgacha oshdi. Toshkentda haftasiga yuklab olinadigan ma’lumotlar hajmi 4 560 TB ga yetdi — bu taxminan 900 million yuqori aniqlikdagi fotosuratni yuklab olish yoki 600 000 soatdan ortiq sifatli videoni tomosha qilishga tengdir.
«Refarming bizga chastota resurslarini yanada moslashuvchan boshqarish va mavjud infratuzilmadan samaraliroq foydalanish imkonini beradi. Bu bevosita mobil internet sifatiga ta’sir qiladi va raqamli xizmatlarni mijozlarimiz uchun yanada qulayroq qiladi», — dedi Beeline Uzbekistan texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktori Gediz Sezgin.
Toshkentdagi tarmoq modernizatsiyasi Beeline Uzbekistan'ning raqamli infratuzilmani rivojlantirish va butun mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilar uchun xizmat sifatini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining bir qismidir.
Beeline Uzbekistan haqida
Beeline Uzbekistan («Unitel» MCHJ) 2006-yil 12-sentabrdan boshlab ushbu savdo belgisi ostida raqamli operator sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik soliq to‘lovchilardan biri bo‘lib, O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2,1 milliard AQSH dollari miqdorida soliq to‘lagan. 2 000 dan ortiq xodimga ega Beeline Uzbekistan Top Employer 2024, 2025 va 2026 sertifikatiga sazovor bo‘lgan.
Beeline Uzbekistan VEON Group tarkibiga kiradi. VEON 2006-yildan buyon O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga 1,6 mlrd AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritgan.
VEON – 150 milliondan ortiq aloqa xizmati mijozlari va taxminan 120 million oylik faol raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan raqamli operatordir. Kompaniya dunyo aholisining 6 foizdan ortig‘i istiqomat qiladigan 5 mamlakatda faoliyat yuritadi va texnologiyalarga asoslangan xizmatlari orqali insonlarning hayotini o‘zgartirib, iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shmoqda. VEON bosh qarorgohi Dubayda joylashgan bo‘lib, aksiyalari NASDAQ birjasida sotiladi. Batafsil ma’lumot: www.veon.com.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
X: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan