Toshkent viloyatida "Mis klasteri" tashkil etiladi
Ma’lumotlarga ko‘ra, global yashil iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, qayta tiklanadigan energiya manbalari va elektromobillar ishlab chiqarish hajmining ortishi tufayli 2030 yilga kelib jahonda misga bo‘lgan talab 40 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Shu alohida e’tiborga olib Prezidentimizning joriy yil 24 iyundagi “Mis va noyob metallar xomashyosini qayta ishlashning texnologiya zanjirlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida "Mis klasteri" tashkil etilmoqda.
Xususan, viloyat hokimi qarori asosida “Ohangaron Tech Industrial” texnoparkini boshqarish direksiyasi DUK tashkil etilib, mazkur klaster uchun qishloq xo‘jaligi yerlaridan 138 gektar yer maydoni ajratildi. Mis ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida yangi tashkil etilayotgan "Mis klasteri"ning umumiy qiymati 118 million dollar bo‘lib, 9 ta yangi loyiha doirasida yillik quvvati 54 ming tonna misni qayta ishlash imkoniyati yaratiladi.
bugungi kunda misdan sanoatning turli tarmoqlarida ishlatish uchun quvurlarni, turli xildagi kabel, SIM va bank kartalari va elektronika mahsulotlari tayyorlanadi. Yangi loyihaning ishga tushirilishi natijasida mahsulot eksport hajmi 200 million dollarni tashkil etib, 1000 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
A.Musayev,O‘zA