Toshkent shahri qilichbozlari O‘zbekiston kubogida g‘olib bo‘ldi
Qilichbozlik bo‘yicha U13 yosh toifasidagi O‘zbekiston kubogining so‘nggi kunida sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik va jamoaviy bahslar o‘tkazildi.
«Paxtakor» sport majmuasida joylashgan qilichbozlik zalida tashkil etilgan mamlakat kubogining sablya yo‘nalishida Toshkent terma jamoasi ham qizlar, ham o‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib bo‘ldi va kubokni qo‘lga kiritdi.

Yakkalik bahslarida Saidamir Rahmonov o‘g‘il bolalar orasida oltin medal sohibiga aylangan bo‘lsa, Nurhayot Kalniyazov qizlar toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA