“Toshkent qishi” reyting turniri davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy “Toshkent qishi” reyting turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytda musobaqaning 6-turi o‘ynalmoqda. 200 nafardan ortiq ishtirokchi bellashayotgan turnir qizg‘in pallaga kirib ulgurgan.
Ishtirokchilar 9 ta tur o‘yin o‘tkazishadi. 5 ta turdan so‘ng, “A” guruhida Sa’dullo Azizov yakka peshqadam bo‘lib turibdi. U 5 imkoniyatdan 5 ta ochko jamg‘ara olgan. Afruzbek Sobirov, Shavkat Abduxoliqov, Shahzod Islomovlar hisobida 4,5 ochkodan bor. “B” guruhida 3 shaxmatchi peshqadamlik qilmoqda: Temur Shavkatov, Ramazon Hubatillayev, Javohir Pardayev. Ular barcha uchrashuvlarni g‘alaba bilan yakunlab, 5 tadan ochkoni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishgan.
[gallery-15434]
Reyting turniri g‘olib va sovrindorlari 15 yanvar kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA