Toshkent metropoliteni 44 yoshga to‘ldi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent metropoliteni bundan 44 yil ilgari, ya’ni 1977 yil ilk bor foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 7 noyabr sanasidan e’tiboran metro poyezdlari qat’iy jadval bo‘yicha harakatlanishni boshlagan.
Toshkent metropoliteni – bu qudratli transport tizimi bo‘lib, uning asosini yuqori malakali professional mutaxassislar tashkil etadi. O‘tgan qiriq to‘rt yil davomida Toshkent metropoliteni poytaxtimizga munosib bo‘lgan eng tez, xavfsiz va qulay shahar transporti sifatida o‘z nufuzini yo‘qotmagan holda rivojlanishda davom etmoqda.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan 2020 yilda metropolitenning 14 yangi bekatlari va 20 kilometrdan ortiq yo‘llari foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda metropoliten yo‘lining uzunligi 59,05 kilometr, bekatlar soni 43 taga yetdi.
2022 yilda uzunligi 11 kilometr bo‘lgan yana 7 ta bekatning ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
O‘zA