Toshkent jamoasi – g‘olib
Namanganda sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Namanganda sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.1997-2002-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari o‘zaro bahslashdi.
“Yoshlik” suv sporti majmuasida ikki kun davom etgan musobaqada poytaxtliklar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Jumladan, yakkalik, duet va jamoaviy chiqishlar bo‘yicha Xonzoda Toshxo‘jayeva, Anastasiya Morozova, Irina Li, Anna Yeltisheva kabi yosh sportchilar shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Umumjamoa hisobida Andijon viloyati ikkinchi, buxorolik sportchilar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.