To‘raqulov Baxtiyor To‘lkunovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ishqalanishga chidamliligi yuqori bo‘lgan yangi assortimentdagi ko‘ylakbop mato olishning texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida
To‘raqulov Baxtiyor To‘lkunovichning 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Ishqalanishga chidamliligi yuqori bo‘lgan yangi assortimentdagi ko‘ylakbop mato olishning texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.20.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 20-iyun kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Jizzax Shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 4-uy. Jizzax politexnika instituti 1-bino.
Tel: (99872) 226-46-05
e-mail: dgpi_info@edu.uz