To‘raqo‘rg‘onda chavandozlar bayrami bo‘lib o‘tdi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi "Dengiz tulpori" mas’uliyati cheklangan jamiyati ot sporti maydonida uloq-ko‘pkari musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada mezbonlar bilan birga Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari hamda Chust, Namangan, Uychi tumanlaridan chavandozlar ishtirok etdi.
O‘zida milliy xalq o‘yinlarini mujassam etgan ot sporti yurtimizda tobora rivojlanib bormoqda. Sport bayrami “Ko‘k bo‘ri”, ot ustida kurash o‘yinlari bilan boshlanib, uloq-ko‘pkariga ulanib ketdi. Qiziqarli va jiddiy bahslarda g‘olib bo‘lgan chavandozlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
[gallery-4601]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA