Topografik izlanishlar qurilish ishlariga asos bo‘lmoqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatida shaharsozlik talablari asosida yangi turar joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari va muhandislik inshootlarini barpo etish ishlari izchil davom etmoqda. Bunday loyihalarni amalga oshirishda topografik izlanishlar muhim bosqich hisoblanadi.
[gallery-30483]
Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan «Farg‘ona Rahmatjon topograf» korxonasi mutaxassislari yer maydonlarini o‘lchash, hudud relefini aniqlash hamda topografik xaritalar tayyorlash ishlarini amalga oshirmoqda. Tayyorlangan ma’lumotlar yo‘l, ko‘prik, turar joy, suv xo‘jaligi va boshqa infratuzilma ob’ektlarini loyihalashda asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ayni paytda korxona mutaxassislari Farg‘ona shahrida qurilishi rejalashtirilgan yangi hayvonot bog‘ining suv ta’minoti tizimi uchun topografik tadqiqotlar olib bormoqda. Shuningdek, suv xo‘jaligi ob’ektlari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilishiga doir loyihalar uchun ham topografik ishlar bajarilmoqda.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA