Tomdida mahkumlar muddatidan avval jazodan ozod qilindi
Xuddi shu kabi taqdimnoma asosida 2020-yilning 24-aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Tomdi tuman sudi tomonidan Tomdi tuman Ichki ishlar guruhining 3 ta taqdimnomasi koʻrib chiqildi va qanoatlantirildi.
Yurtimizda karantin sababli sudlarda aksariyat jinoyat ishlarini koʻrish toʻxtatilgan boʻlishiga qaramasdan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73,74-moddalari talablari asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish yuzasidan jazoni ijro etish muassasalari va Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhlari tomonidan kiritilayotgan taqdimnomalar tezkorlik bilan koʻrib chiqilmoqda.
2020-yil 17-aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Tomdi tuman sudi tomonidan 36-son Manzil koloniyasining 1 nafar mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va 8 nafar mahkumni jazosini yengilrogʻi bilan almashtirish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar qanoatlantirildi va mahkumlar oʻz oilasi bagʻriga qaytdi.
Xuddi shu kabi taqdimnoma asosida 2020-yilning 24-aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Tomdi tuman sudi tomonidan Tomdi tuman Ichki ishlar guruhining 3 ta taqdimnomasi koʻrib chiqildi va qanoatlantirildi.
Jumladan mahkum Jumekov Bashim 2019-yil 27-iyul kuni ehtiyotsizlik oqibatida transport vositalari harakati xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, 2 yil muddatga oylik ish haqqining 15%ni davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanib, JKning 45-moddasini qoʻllab 2 yil muddatga muayyan huquqdan yaʼni avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan. Mahkum jazoni oʻtashga vijdonan halol munosabatda boʻlib, jazoni oʻtash davrida oʻzini ijobiy tomondan koʻrsatib, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligi va JKning 73-moddasiga asosan jazoni muddatining 1/3 qismidan koʻprogʻini oʻtaganligini inobatga olib sud mahkumni asosiy va qoʻshimcha jazolarining qolgan muddatidan shartli ravishda ozod qildi.
D.Ergasheva , Jinoyat ishlari boʻyicha
Tomdi tuman sudining raisi