To‘lov xizmatini rivojlantirish yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan “BeeLab” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilgan.
Beeline Uzbekistan ning ushbu sho‘’ba korxonasi IT-park rezidenti va kompaniyaning shaxsiy digital-mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Litsenziya Beepul mustaqil to‘lov xizmatini rivojlantirish, digital-operator mijozlari uchun moliyaviy va to‘lov xizmatlarini kengaytirish imkonini beradi.
– Endi biz ko‘p sonli hamkorlar bilan ishlay olamiz, – deydi BeeLab operatsion direktori Ernest Rizayev. – Biz uchun bu O‘zbekistondagi moliyaviy texnologiyalar va xizmatlar bozoridagi ishtirokimizni kuchaytirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.
bugungi kunda Beepul ro‘yxatida to‘lov uchun 500 dan ortiq xizmatlar mavjud. Mobil ilova orqali siz ta’lim, sug‘urta, tibbiy xizmatlar, mobil aloqa, internet uchun to‘lovlarni tezda amalga oshirishingiz mumkin.
–Biz oddiy va ishonchli xizmatlardan foydalangan holda maksimal darajada qulay hamda tushunarli ekotizimni yaratishga intilamiz, shu tariqa, mijozlarimiz kundalik hayotida vaqtini, pulini va kuchini tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi, – deya ta’kidlaydi Beeline Uzbekistan digital-texnologiyalar bo‘yicha direktori Tilak Axmatov. – Maqsadimiz O‘zbekistonda to‘liq g‘oyadan tayyor mahsulot bo‘lgunga qadar yaratilgan shaxsiy digital-xizmat va turli xil ilovalarimizni rivojlantirishdan iborat.
Ayni paytda korxonada 1,6 mingga yaqin ishchi mehnat qilmoqda.
2006 yildan buyon VEON O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. O‘zbekistonda “Beeline” savdo belgisi ostidagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
O. Xarchenko, O‘zA