To‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildimi?
2025/2026-o‘quv yilida bakalavriat va magistratura talabalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash va talabalar safiga rasmiy qabul qilish muddati 2026 yil 31 yanvargacha uzaytirildi. Davlat komissiyasining bu qarori talabalarga moliyaviy tayyorgarlikni yakunlash va qabul jarayonini to‘liq rasmiylashtirish imkonini bermoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qabul parametri asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizini to‘lashi lozim. Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (supur) asosida o‘qishni xohlaganlar ham bir yillik qiymatning kamida 50 foizini to‘lashi shart.
Qayd etilishicha, mazkur muddat uzaytirilishi faqat birinchi bosqich talabalari (bakalavriat va magistratura) uchun amal qiladi. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun ushbu tartib qo‘llanilmaydi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA