Tolibonlar Afg‘onistonning 85 foizini o‘z nazoratiga oldi
Sobiq Ittifoq bilan urush ishtirokchilari sanaluvchi dala komandirlari tolibonlarga qarshi chiqdi.
Bu haqda mahalliy manbalarga asoslangan “Financial Times” ma’lumot tarqatgan.
Bu yerda amerikaliklar chiqib ketayotganidan so‘ng hukumat qo‘shinlari zaiflashayotgani tufayli harbiy va siyosiy maydonga qaytayotgan harbiy boshliqlar nazar tutilmoqda.
Tolibonlar qator tumanlarda jangga kirgan va Afg‘onistonning 85 foizini o‘z nazoratiga olganini aytmoqda.
Boshqa ma’lumotga qaraganda, ular 40 foiz hududni nazoratga olgan. Hukumat terrorchilarga qarash kurash uchun ommaviy safarbarlik e’lon qilgan.