Tolibon va XAMAS vakillari uchrashishdi
Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat Madaniyat va axborot vaziri Zabihulla Mujohid Falastinning XAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida ma’lumot berdi.
Bu haqdagi xabarni u shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
“Tomonlar Afg‘oniston va Falastindagi vaziyatlarni muhokama qilishdi”, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda Mujohid Falastin masalasini “butun musulmon jamoati muammosi”, deb atadi va falastinliklar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.
O‘zA