Tolibon asoschilaridan biri ozod etildi
“Pokistonda Tolibon yetakchisi qamoqdan ozod etildi”, deya xabar bermoqda Al-Jazira nashri Tolibon harakati matbuot vakilining gaplariga tayangan holda.
“Pokistonda Tolibon yetakchisi qamoqdan ozod etildi”, deya xabar bermoqda Al-Jazira nashri Tolibon harakati matbuot vakilining gaplariga tayangan holda.Mulla Abdul Gʻani Baradar – Afgʻonistondagi Tolibon harakati asoschisi. U 2010 yilda Pokistonning janubidagi port shaharlaridan biri – Karachi shahrida hibsga olingan edi.
Qatar tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrohman Al Tani oʻtgan juma kuni Islomobodga tashrif buyurdi va Pokiston bosh vaziri Imron Xon hamda tashqi ishlar vaziri Shah Mehmud Qureshi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan.
Pokiston amaldorlarida ikki nafari Mulla Baradarni “oliy darajadagi muzokaralar”dan keyin ozod etilganini tasdiqladi.