Toliblar Jalolobodni egalladi
“Tolibon” harakati jangarilari Jalolobod shahrini egalladi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi Nangarxar viloyatining deputati Abrarullo Muradning bergan ma’lumotiga tayanib.
Ushbu aholi punkti Qobul shahri bilan birga hukumat nazorati ostida qolgan ikki shaharning biri hisoblanadi.
Mahalliy aholining Frans Press agentligi muxbiriga so‘zlab berishicha, toliblar Jalolobodni jangsiz qo‘lga kiritgan.