To‘lanmagan qarz va boy berilgan transportlar...
Vaqtida to‘lanmagan qarz keyinchalik salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Majburiy ijro byurosining ma’lum qilishicha, byuroning Quvasoy shahar bo‘limi ish yurituvida “Fergana sement” MCHJdan qarz bilan bog‘liq 7 milliard so‘mlik ijro ishlari mavjud bo‘lgan.
Sud qarorlarida korxonadan Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 881 million so‘m, “Hududgazta’minot” AJ foydasiga 3 milliard so‘m, “Farg‘ona HETK” AJ foydasiga esa 3,3 milliard so‘m, davlat foydasiga 79 million so‘m davlat boji undirish belgilangandi. Ammo shunday bo‘lsada, MCHJ byuro belgilagan ixtiyoriy muddatlarda qarzini bartaraf etish choralarini ko‘rmagan.
Oqibatda qarzdorga tegishli “SAANXI” rusumli 4 dona transport vositalari xatlanib, savdoga qo‘yildi. Shundan so‘ng, qarzdor korxona 6,9 milliard so‘mni to‘lab bergan.
O‘zA