Tohirov Islomjon Hakimjon o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Katta Farg‘ona magistral kanalida suv oqimini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirish” mavzusida
Tohirov Islomjon Hakimjon o‘g‘lining 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Katta Farg‘ona magistral kanalida suv oqimini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajargan dissertatsiya ishining himoyasi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 14 sentyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100187, Toshkent, Qorasuv-4 mavzesi, 11-uy.
Tel.: 99-434-43-28
e-mail: ismiti@minwater.uz