Togʻ qoʻynida yangi xostel qad rostladi
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Tuzkon hotel” masʼuliyati cheklangan jamiyati Chorbogʻ mahallasida sayyohlar uchun zamonaviy xostel barpo etdi.
El boshiga ish tushganda
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Tuzkon hotel” masʼuliyati cheklangan jamiyati Chorbogʻ mahallasida sayyohlar uchun zamonaviy xostel barpo etdi.
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bilan bogʻliq murakkab sharoitda boshqa sohalar singari turizm yoʻnalishida ham ishlar karantin qoidalariga amal qilingan holda davom etayotir. Jumladan, janubiy vohada yangi mehmonxona, xostel va mehmon uylari, sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi shoxobchalar qurilishida ishlar toʻxtagani yoʻq.
– Pandemiya butun dunyo turizm sohasiga katta zarar keltirmoqda, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Z.Namozov. – Bu inqiroz boshqa davlatlar qatori mamlakatimizni ham chetlab oʻtmayotir. Davlatimiz rahbari shunday ogʻir vaziyatda turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) koʻrsatuvchi subyektlarga tegishli imtiyozlar berdi. Ular yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarini toʻlashdan ozod etildi. Ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12 foizdan 1 foizga tushirildi. Koʻrsatilayotgan bu kabi eʼtibor turizm sohasi tadbirkorlarini ragʻbatlantirib, xavfli infeksiya bartaraf etilgach ularning yana-da samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.
Togʻli hududda qad rostlagan yangi xostel bir vaqtda 20 mehmonni qabul qilish quvvatiga ega boʻlib, sayyohlar uchun barcha zamonaviy sharoit yaratilgan. Koʻrkam bino ishga tushirilishi bilan 4 nafar chorbogʻlik aholi bandligi taʼminlandi.