«Titanik» yo‘lovchisining 12 ming dollarlik maktubi
1912 yil halokatga uchragan «Titanik» kemasi yo‘lovchisi Ramon Artagaveytiya Gomesning oilasiga jo‘natgan so‘nggi maktubi Montevideo auksionida 12 ming dollarga sotildi, dedi «Zorrilla» auksion uyi vakili.
Uch sahifadan iborat qo‘lyozma muallif surati bilan birga kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Maktub 1912 yil 12 aprelda Irlandiyadan jo‘natilgan. Ushbu davlat Atlantika okeaniga kirish arafasidagi so‘nggi bekat hisoblanadi.
O‘sha payt dunyoda eng yirik hisoblangan Buyuk Britaniyaning «Titanik» kemasi 1912 yil 14 aprelda muz tog‘iga urilib halokatga uchragan. O‘shanda tarkib Sautgempton – Nyu-York yo‘nalishi bo‘ylab ilk safarini amalga oshirayotgan edi. Oradan 2 soat 40 daqiqa o‘tib, layner okean tubiga cho‘kib ketgan. Asr fojeasiga aylangan ushbu halokat 1,5 ming kishining yostig‘ini quritgan.