Til o‘rganishda xalqaro tajriba
bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish zamon talablaridan biriga aylanib bormoqda.
Bu borada xorijiy mutaxassislar bilan o‘zaro tajriba almashishi, malaka oshirish muhim omillardan hisoblanadi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili amaliyoti kafedrasi mudiri O.Yusupov Birlashgan Arab Amirligida bo‘lib o‘tgan "International TESOL Arabia 2022" konferensiyasida ishtirok etdi. Ushbu konferensiyada ma’ruza qildi. Bundan tashqari, Dubai Men’s kollejida ma’ruza qildi.

"Til o‘rgatishda translingvizm va ko‘p tillilik" mavzusiga bag‘ishlangan mazkur konferensiyada dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan mutaxassislar, ta’lim sohasidagi nufuzli tashkilot vakillari ishtirok etib, o‘zaro tiajriba almashdilar.


O‘zA