Mamlakatimizda inson salomatligi va hayotini muhofaza qilishga bag‘ishlangan ish eng mas’uliyatli va sharafli hisoblanadi. Shu bois, davlat siyosatida tibbiyot xodimlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ularga yaratilgan mehnat sharoitlari va ijtimoiy imtiyozlar faqat moddiy rag‘bat emas, balki jamiyatda soha nufuzini oshirish, fidoyi shifokorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim islohotdir.

Qonunchilikda tibbiyot xodimlariga berilayotgan imtiyozlar nafaqat ularning mehnatini munosib rag‘batlantiradi, balki mamlakatda tibbiyot tizimini barqaror rivojlantirishning huquqiy poydevori sifatida xizmat qiladi.

Endilikda, tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmasligi belgilangan. 

Shifokorning ish faoliyati nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham katta mas’uliyat va diqqatni talab etadi. Qisqartirilgan ish vaqti esa ularning ish sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qonunga ko‘ra, yuqori malakali tibbiyot xodimlariga lavozim maoshining 100 foizigacha ustama to‘lanadi. 

Salohiyatli yosh shifokorlarga esa 1 million so‘mgacha ustamalar to‘lanadi. Davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yurituvchi va ilmiy darajaga ega tibbiyot xodimlariga lavozim maoshining 60 foizigacha har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi. 

Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlari va chekka hududlarda faoliyat yurituvchi shifokorlarga lavozim maoshiga 200 foizgacha har oylik ustama to‘lanadi. Bu esa, nafaqat soha xodimlarini rag‘batlantirish, balki mamlakat bo‘ylab tibbiy xizmat sifatini tenglashtirishga qaratilgan.

Qonunga ko‘ra, olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi. Bu imtiyoz tibbiyot xodimlarini mamlakatning barcha hududlarida xizmat qilishga rag‘batlantiradi va ularning malakasini oshirishga keng imkoniyat yaratadi. 

Bugun tibbiyot xodimlari nafaqat sog‘liqni saqlash tizimining asosiy tayanchi, balki davlat va jamiyat ishonchining ramziga aylanmoqda. Ular uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar va rag‘batlantirish soha nufuzini oshirish, kadrlarning malakasini mustahkamlash va kelgusi avlod shifokorlariga munosib sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot xodimlariga qanday imtiyozlar berilgan?