Tibbiyot xodimlari sport maydonida kuch sinashdi
FOTOREPORTAJ
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida O‘zbek jang san’ati sport turining “Assalom, tong!” yo‘nalishi bo‘yicha sog‘liqni saqlash xodimlari o‘rtasida viloyat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvlarda viloyatning 22 ta shahar va tumanidan 24 ta jamoa tarkibida 300 nafarga yaqin tibbiyot xodimi ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, chaqqonlik va chidamlilik bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Sport tadbiri sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning sportga qiziqishini oshirish hamda jamoaviylik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
[gallery-30862]
Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar O‘zbek jang san’ati federatsiyasi hamda viloyat kasaba uyushmasi tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar 17–21-avgust kunlari Samarqand shahrida “Assalom, tong!” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogi bahslarida Toshkent viloyati sharafini himoya qiladi.
O‘zA