Insonning to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsagina mehnatida fayz bo‘ladi. Bunyodkorlik, yaratuvchanlik g‘oyalari asosida o‘z oldiga yuksak orzu-maqsadlar qo‘ya oladi. Ammo kasallik kutilmaganda keladi. Ba’zan betoblik bilan sinalamiz. Shunday paytda bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan shifokorlarni izlaymiz.

QARORLAR NAZORATDA

Yurtimizda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish, sohaga bosqichma-bosqich tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy qilinyapti. Bu borada amalga oshirilgan ishlar, natijalar, istiqboldagi rejalar xususida O‘zA muxbiri Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Shuhrat ALMARDONOVning fikrlari bilan qiziqdi.

– Bozor iqtisodiyoti sharoitida sog‘liqni saqlash sohasi samarali moliyalashtirish tizimisiz rivojlana olmaydi, – deydi Shuhrat Almardonov. – Sog‘liqni saqlash sohasidagi smetali moliyalashtirish tizimi eskirgan, xalqaro amaliyotga mos kelmaydi, chunki u moliya resurslarining samarasiz ishlatilishi, sohaning surunkali tarzda moliyalashtirilmay qolishiga olib kelmoqda. Ajratilayotgan mablag‘larning sarflanishi samaradorligini oshirish, tibbiy muassasalarni moliyalashtirish tizimini isloh qilish zarurati bor edi.

Prezidentimizning 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan konsepsiyada sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishni tubdan isloh qilish, tibbiy sug‘urtani joriy qilish, ushbu tizimni 2021 yildan Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida qo‘llash va 2025 yilgacha respublika miqyosida tibbiy sug‘urta tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish vazifalari belgilandi.

Juda ko‘pchilikni o‘ylantirgan bir masala bor. Sug‘urta deganda pul to‘lash kerak, degan fikr paydo bo‘ladi. Ammo aholi bu sug‘urta turiga pul va badallar to‘lamaydi, barcha xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda davlat tibbiy yordam olish qoidalarini belgilaydi, mazkur qoidalarga rioya qilgan shaxslarga har bir bosqichda tibbiy xizmat bepulligini kafolatlaydi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘lamini kengaytirish orqali kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash va og‘ir asoratlarining oldini olish, zarur tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish asosiy maqsaddir.

Davlat byudjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi tasdiqlanadi. Buning natijasida bepul va pullik tibbiy xizmatlarning aniq chegarasi belgilanadi. Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga tibbiy xizmatlar, dori vositalari va sarflov materiallari kiritilgan. Ushbu hajm tibbiy yordamni ko‘rsatish darajalari va muassasalar kesimida aholiga taqdim etiladi. Bunda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan tibbiy xizmatlarning aholi uchun xaridini amalga oshiradi. Bu orqali tibbiyot muassasalarining faoliyati samaradorligi nazorat qilinadi, ular erishilgan natijaga asosan moliyalashtiriladi, ajratilayotgan mablag‘lar maqsadli sarflanishiga erishiladi.

Bu kabi sa’y-harakatlardan ko‘zlangan yana bir maqsad, tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish, tibbiy xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, shu asosda aholining kafolatlangan, sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Davlat tibbiy sug‘urtasining yagona axborot tizimi, ma’lumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini yaratish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda qulaylik, shaffoflik ta’minlanadi, o‘z o‘rnida korrupsiyaviy holatlarning oldi olinadi.

XORIJIY TAJRIBA

Tibbiy sug‘urta — tibbiy xizmat sifatini kafolatlaydigan tizim hisoblanib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida uning majburiy va ixtiyoriy turi keng joriy etilgan. Tibbiy sug‘urtaning bu turlari sug‘urtalanuvchilardan olingan sug‘urta badali hisobiga sug‘urta hodisasi ro‘y berganda ko‘rsatilgan tibbiy yordam xarajatlari qoplanishini nazarda tutadi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi Davlat byudjetidan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Aholidan hech qanday to‘lovlar talab qilinmaydi.

Qisqacha aytganda, davlat tibbiy sug‘urtasining boshqa sug‘urta turlaridan farqi shundaki, belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq aholining barcha qatlamlari kafolatlangan tibbiy yordam hajmi bilan qamrab olinadi, bu bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.

SINOV TARIQASIDA AMALGA OSHIRILGAN LOYIHANING NATIJALARI QANDAY?

Davlat rahbarining qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 iyuldan boshlab Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini tajriba-sinov tariqasida joriy etish ishlari olib borilyapti. O‘tgan vaqt davomida tibbiy xizmatlar xaridi yo‘lga qo‘yildi, tibbiyot muassasalari moliyalashtirilmoqda, ularga moliyaviy mustaqillik berildi. Viloyat shifoxonalarida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar asoratlari bilan yotish kamaydi. Misol uchun, infarkt – 7 foizga, insult – 9 foizga, bronxial astma – 2,5 foizga kamaydi. Shifoxonalarga yo‘llanma asosida murojaat 45 foizdan 85 foizga oshdi. Bemorlarni asossiz yotqizish 45 foizdan 20 foizga kamaydi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining kunduzgi shifoxonalarida davolanganlar soni 75 foizga oshgani islohotning ijobiy natijalaridan.

Alohida surunkali kasalliklarni ambulator davolash uchun dori vositalarini elektron retsept asosida dorixonalar tomonidan bemorlarga bepul berish va sarf-xarajatlarini qoplash tizimi joriy etilishi natijasida arterial gipertoniya, qandli diabetning 2 turi, astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kabi kasalligi bo‘lgan bemorlarga – 11 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda. Har bir muassasada kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatilib, qabulga oldindan yozilish imkoniyati tufayli navbatlarning oldi olinyapti. Shifokor oldi ko‘rigi xonalari tashkil etilib, oilaviy shifokor va hamshiralar jamoa bo‘lib ishlashi yo‘lga qo‘yildi.

TUSHUNMOVCHILIK VA MUAMMOLAR

E’tiborli jihati, Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimining poydevori, bu — davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmi. Ushbu kafolatlangan hajmga kiritilgan tibbiy xizmatlar, dori vositalari ehtiyojmandlarga bepul taqdim etilishi aholining zarur tibbiy yordam olish haq-huquqlarini ta’minlaydi.

Mazkur tizimning yo‘lga qo‘yilishi natijasida bepul va pullik tibbiy xizmatlar hajmiga aniqlik kiritiladi. Sog‘liqni saqlash tizimidagi samarasiz xarajatlar ulushi bosqichma-bosqich qisqartiriladi, aholining tibbiy yordam uchun norasmiy to‘lovlari darajasi kamaytiriladi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ulushi oshirilib, tibbiyot muassasalari moliyaviy mustaqilligini oshirish va tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlari kengaytiriladi. Aholining ijtimoiy zaif toifalari vakillarini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash darajasi oshirilib, xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilgan holda tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhiti yaratiladi.

Bu tizim joriy etilishi natijasida aholi ro‘yxatdan o‘tkazilib, birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalariga biriktiriladi, ularning salomatligi haqidagi ma’lumotlar elektron shaklda jamlanadi.

Barcha kasalliklarning diagnostika va davolash standartlari ishlab chiqilib, bemorlarga tibbiy xizmatlar va dori vositalari kafolatlangan hajmi doirasida ana shu standartlarga ko‘ra tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Navbatlarga chek qo‘yilib, masofadan navbatga yozilish imkoniyatidan foydalangan holda belgilangan vaqtda shifokor qabuli tashkil etiladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasining shifokorlar uchun ham qulayligi mavjud bo‘lib, oilaviy shifokorlarning vakolati kengaytiriladi, bemorlarga bepul davolanishga yo‘llanma taqdim etish, dori vositalarini dorixonalardan bepul olish uchun retsept berish kabi imkoniyatlar ularning nufuzini oshirishga ham xizmat qiladi. Eng muhimi – oilaviy shifokorning o‘z biriktirilgan aholisi uchun mas’ulligi ortadi, kasallanishning oldi olinadi, kasalliklar erta bosqichlarda aniqlanadi va samarali davolash ta’minlanadi. Bu esa sog‘lom insonlar safini kengaytirib, fuqarolarning davlat tibbiyotiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

ISTIQBOLDAGI REJALAR

Sirdaryo tajriba-sinov loyihasini 2024 yilgacha davom ettirish hamda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini Toshkent shahrida 2023 yildan joriy etish bilan bog‘liq ishlar boshlandi. Shuningdek, natijaga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, reimbursatsiya tizimidagi dori vositalari ro‘yxatini kengaytirish (dorilar turini 11 ta dan 20 ta gacha yetkazish), boshqa hududlardagi tibbiyot muassasalarini davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy qilinishiga tayyorlash choralari ko‘rilmoqda.

Salomatlik – qiyosi yo‘q boylik. Uni asrash bir tomondan o‘z qo‘limizda bo‘lsa, bir tomondan shifokorlarga, tibbiyotdagi yutuqlarga bog‘liq. Shu bois ham yurtimizda zamonaviy tibbiyotdan foydalanishni jadallashtirish, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Zero, har bir islohot zamirida inson haq-huquqlari, manfaatlari yotibdi.

Barno Meliqulova, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiy sug‘urta – aholiga bepul xizmat ko‘rsatadigan tizim