Termizda Yoshlar media markazi ochildi
Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan Yoshlar media markazi faoliyat boshladi.
Uning yoshlar markazi binosida joylashgani yanada ko‘proq faol va iqtidorli yoshlarni bir manzilda to‘plash imkonini beradi. Media maydonda sifatli mahsulotlar bilan tomoshabinlar e’tiborini tortish, yigit- qizlarning kreativ materiallar tayyorlashi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Tadbirda shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi shahar va tuman bo‘limi rahbarlariga texnika vositalari topshirildi. Bu chekka tuman va olis qishloq yoshlarining ham iqtidorini namoyish etish imkoniyatini yanada oshiradi. G‘oyalarni amalga oshirish uchun shay bo‘lgan yoshlar shu kunning o‘zidayoq o‘z dasturlarini tasvirga olish ishlarini boshlab yubordi.
Noodatiy va yoshlarbop dekaratsiya asosidagi ushbu media markazda endilikda yoshlar hayotiga oid axborot-tahliliy dasturlar, radio eshittirish va reportajlar tayyorlanib tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
[gallery-4256]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA