Termizda “Do‘stlik” festivali bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali doirasida Termiz shahrida ham bayram tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Festivalning “Do‘stlik ohanglari” gala-konsert dasturida turli millat va elat vakillari milliy kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar hamda sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. Chiqishlarda Yangi O‘zbekistonda qaror topgan millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘z ifodasini topdi.
[gallery-30569]
Tadbirda do‘stlik, hamjihatlik va birdamlik g‘oyalari keng targ‘ib qilinib, mamlakatimizda tinchlikni asrash, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi ahillikni yanada mustahkamlashning ahamiyati ta’kidlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA