Termizda bir guruh harbiy xizmatchilar e’tirof etildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 13 mart kuni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi “Termiz” dala o‘quv maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining brigada taktik o‘quvini kuzatgan edi. Brigada taktik o‘quviga Janubiy operativ qo‘mondonligining barcha harbiy qism va bo‘linmalari mo‘ljallanishi bo‘yicha zamonaviy qurolli to‘qnashuvlar tajribalaridan kelib chiqib, yangi taktik usullarni qo‘llagan holda harakatlandi.
[gallery-11172]
Ushbu o‘tkazilgan o‘quvda “Termiz” umumqo‘shin poligoni o‘quv ob’ektlarini tayyorlash, jangovar otish bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda faol ishtirok etgan bir guruh harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘a va “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov ishtirok etib, o‘quvda ishtirok etgan barcha shaxsiy tarkibga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA