Terma jamoamizning navbatdagi yig‘ini Dubayda o‘tadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Jahon chempionati – 2022" va "Osiyo kubogi –2023" musobaqalarining qo‘shma saralash bosqichi bahslariga tayyorgarlik ko‘rish uchun 8-18 fevral kunlari Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Yig‘in doirasida terma jamoamiz dastlab 12 fevral kuni "Zenit" klubiga qarshi maydonga tushsa, 17 fevral kuni Soligorskning "Shaxtyor" jamoasiga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov ushbu yig‘inga 25 nafar futbolchini jalb etgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA