Teri saratonini davolashda yangi usul kashf qilindi
Avstraliyaning Kvinslend universiteti saytida eʼlon qilingan axborotda oʻsimtani qon bilan taʼminlaydigan hujayralarni falaj qiluvchi usul bir guruh tadqiqotchilar tomonidan topilgani aytiladi
RIA Novostining maʼlum qilishicha, Avstraliyaning Kvinslend universiteti saytida eʼlon qilingan axborotda oʻsimtani qon bilan taʼminlaydigan hujayralarni falaj qiluvchi usul bir guruh tadqiqotchilar tomonidan topilgani aytiladi.
Qayd etilishicha, oʻsimtani qon bilan ildiz hujayralar taʼminlaydi. Bu amalga oshmas ekan oʻsimta oʻsishdan toʻxtaydi. “Agar siz bu ildiz hujayralardan qutulsangiz, qon tomirlar shakllana olmaydi, oʻsimta esa shu vaj bilan rivojlanishdan, boshqa joylarga tarqalishdan toʻxtaydi” degan professor Kiarash Xosrotegrani.
Yana bir olim Jatin Patelning soʻzlariga koʻra, melonomalarning teridan tananing boshqa aʼzolariga tarqalishi bemor hayoti uchun asosiy xavf hisoblanadi. “Bilamizki, oʻsimtalar limfa tugunlari, oʻpka kabi aʼzolarga ham tarqaladi. “Ayni holatlarda organizm saraton bilan zararlangan joylarda qoʻshimcha qon-tomirlarini yetishtirib, xuddiki oʻsimtalar uchun “tokchalar” hozirlaydi” degan u.
Kvinslend olimlari navbatdagi tadqiqotlarida ana shu “tokchalar”ni bloklashni rejalashtirgan.