Tehronda 30 ta teraktning oldi olindi
Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi razvedka xizmati Tehronda 30 ta portlashning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda respublika Razvedka vazirligi ma’lum qildi.
“Maxsus xizmat xodimlari Tehronning aholi zich yashaydigan tumanlarida 30 joyda portlash tashkil qilishni maqsad qilgan aybdorlarni qo‘lga oldi”, deyiladi ISNA agentligi xabarida. Razvedka xizmati Alborz, G‘arbiy Ozarbayjon viloyatlari va Tehronda 28 shubhali shaxsni ushlagan. Ularning barchasi “Islom davlati” terror guruhi bilan bog‘liqligi aytiladi.
Jinoyatchilardan katta miqdorda portlovchi modda, sekin harakatga keladigan bomba, o‘z joniga qasd qilish kamarlari, 17 dona qurol, o‘q-dori va koinot bilan aloqa vositasi musodara qilingan.
Aksilterror amaliyotida razvedka xizmatining ikki xodimi yaralangani ma’lum qilindi.