Tchuameni Fransiya terma jamoasi yetakchisini aytdi — bu Mbappe emas
Jahonda chempionati — 2026 guruh bosqichining 1-turida Didye Desham shogirdlari Senegal terma jamoasi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonishgandi.
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelien Tchuameni milliy jamoadagi sherigi — hujumchi Usmon Dembele haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"U jamoamizning asosiy poydevori hisoblanadi. Maydonda Dembele yarim himoyamizni hujum chizigʻi bilan bogʻlab turadi. U — bizning yetakchimiz. Terma jamoamiz safida "Oltin toʻp" sohibi borligidan juda xursandmiz", — deya yarim himoyachining soʻzlarini keltirmoqda Actu Foot sahifasi.
Jahonda chempionati — 2026 guruh bosqichining 1-turida Didye Desham shogirdlari Senegal terma jamoasi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonishgandi.
Fransiya turnirdagi navbatdagi uchrashuvini 23-iyun kuni Iroq terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.