Tbilisida bolalar ommaviy zaharlandi
Gruziya Moliya vazirligi Tergov xizmati Tbilisi shahridagi bir necha bolalar bog‘chasida tarbiyalanuvchilar ommaviy ravishda zaharlangani haqidagi xabardan so‘ng tergov boshladi. Poytaxtdagi 20 bog‘chada 55 bola va bir tarbiyachi jabrlangan.
Tergov doirasida ota-onalar bilan suhbatlashildi, 4 muassasa va 3 oziq-ovqat ta’minoti kompaniyasida tun bo‘yi tintuv o‘tkazildi. Hodisa sababini aniqlash uchun oziq-ovqat, hujjat va boshqa materiallar musodara qilindi.
Dastlabki ehtimol sifatida yegulik orqali yuqadigan bakterial infeksiya taxmin qilinyapti. Hozir laboratoriya tekshiruvi olib borilmoqda.
S.Rahimov, O‘zA