Tbilisi teleminorasi O‘zbekiston bayrog‘iga burkandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi sharafiga hamda O‘zbekiston xalqiga ehtirom ramzi sifatida Tbilisi teleminorasi mamlakatimiz bayrog‘i ranglariga burkandi.
Davlatimiz rahbari va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze teleminora manzarasida birgalikda suratga tushdilar.