Prezidentning tegishli qarori bilan 2023 yil 1 yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolar ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadi bir soliq davrida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

Qayd etilishicha, 2023 yildan ipoteka krediti olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yo‘naltirilgan daromad soliqqa tortiladi.

Shuningdek, qaror bilan 2022 yil 1 noyabrdan boshlab, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat berildi.

Qaror bilan 2021 yilda berilgan subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xabarnomalar amal qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi. Shu bilan birga, uy-joylar va ipoteka kredit olishda fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylar uchun subsidiya va ipoteka kreditlari ajratiladi