O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tomonidan o‘tkazilgan ochiq va shaffof tanlov natijalariga ko‘ra, Yunus Muhammadovich Ahmedov byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Yunus Ahmedov 1986 yil 9 noyabr kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2010 yili Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi.

Mehnat faoliyatini 2010 yilda To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmasida moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va to‘lovlarni amalga oshirish guruhi inspektori sifatida boshlagan.

2012-2017 yillar davomida u Namangan viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasida turli mas’ul vazifalarda, 2017-2018 yillarda Namangan shahar moliya bo‘limining mahalliy byudjetni shakllantirish va byudjet muassasalarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi bosh iqtisodchisi, 2018-2019 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i, 2019-2020 yillarda Namangan tumani moliya bo‘limi mudiri lavozimlarida ish olib borgan.  

Yunus Ahmedov 2020 yil noyabr oyidan buyon yangi tayinlovga qadar Namangan shahar moliya bo‘limi mudiri sifatida faoliyat yuritgan.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TAYINLOV: Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi