Poytaxtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan Tashkent City har qachongidan fayzli. Bu yerda 11 iyun oqshomida poytaxtimizda o‘tkaziladigan “Professional boks kechasi” oldidan bokschilarni taroziga tortish marosimi, ko‘z urishtirish hamda matbuot anjumani tashkil etildi.

“Yunusobod” sport majmuasida tashkil etiladigan “Professional boks kechasi”da quyidagi juftliklar ringda o‘zaro kuch sinashadi:

Dastlab, “Professional boks kechasi”ning asosiy ishtirokchilari taroziga tortildi va ko‘z urishtirishdi. E’tiborlisi, barcha sportchilar belgilangan vazndagi og‘irlikni qayd etishdi.

Shundan so‘ng tadbirga yig‘ilgan ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda professional boks ishqibozlari, qaysiki Shohjahon Ergashevning muxlislari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Aleksandr Saltыkov (Rossiya) – O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi haqida ko‘p eshitgan edim, bu safar bunga o‘zim guvoh bo‘ldim. Xalqingizning madaniyatiga, mehmondo‘stligiga va samimiyligiga qoyil qoldim. Hech mubolag‘asiz aytishim mumkin, men o‘zim uchun yana byuir sevimli maskanni kashf qildim. O‘ylaymanki, “Professional boks kechasi” ham yuqori saviyada tashkil etiladi va muxlislar ketgan vaqtiga aslo achinmasligiga ishonaman.

Jengo Yoyeza Salimu (Tanzaniya) – Shohjahon Ergashevga qarshi kechadigan jang borasida ortiqcha gapirmoqchi emasman. Umid qilamanki, “Professional boks kechasi”ning tashkiliy jihatlarida muammo bo‘lmaydi. Bo‘lajak jangga qanday tayyorgarlik ko‘rganimni esa ring ko‘rsatib beradi.

Shohjahon Ergashev (O‘zbekiston) – Ko‘pchilik mendan so‘rashadi, nega haligacha chempionlik jangida ishtirok etmagansiz, qachon kamar uchun jang qilasiz, deb. Bilasizmi, professional boksda bu narsalar bilan sportchi emas, promouterlar shug‘ullanishadi. Afsuski, men hamkorlik qilgan promouterlik kompaniyasi shu paytgacha chempionlik jangini tashkil qilolmadi. 

O‘zim bilan sodir bo‘lgan vaziyatni ko‘rib, qolaversa ortimdan menga havas qilib professional boksga kirib kelayotgan yoshlar bilan ham shunday muammolar tug‘ilishining oldini olish maqsadida o‘zimning promouterlik kompaniyamni tashkil etdim. Hozirda kompaniyam chempionlik jangimni qisqa muddatlarda uyushtirish borasidagi sa’y-harakatlarni boshlab yuborgan. Toshkentda bo‘ladigan jangimga kelsak, ilk marotaba ota-onam, yaqinlarim, yurtdoshlarim ko‘z o‘ngida jang qilyapman, hayajon kuchli. 

Sportchi uchun o‘z yurtidan ko‘ra chetda jang qilish oson ekan. Yana bir gap, ertangi jangda otam yonimda bo‘ladi. Ularni oldida, muxlislarimning qo‘llab-quvvatlashi ostida faqat g‘alaba uchun jang qilaman. 

Raqibim haqida qisqacha gapiradigan bo‘lsam, Salimu ham, men ham hujumkor boks namoyish etamiz. Ertaga kim birinchi bo‘lib ortga chekinar ekan, bu savol o‘zim uchun ham qiziq. Ammo, shuni ishonch bilan aytishim mumkin, yurtdoshlarim ko‘z o‘ngida aslo ortga chekinmayman.

Shundan so‘ng bokschilar ishtirokida master-klass namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun oqshomiga belgilangan janglar soat 19:00dan “Yunusobod” sport majmuasida boshlanadi.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashkent City”da “Professional boks kechasi” oldidan tarozi, ko‘z urishtirish marosimi va matbuot anjumani o‘tkazildi