Tarixdagi urushlarga iqlim o‘zgarishi ta’sir qilganmi? — “IQLIM” (+video)
Tarix kitoblarida bizga urushlarni sarkardalar boshlagan, imperiyalarni esa qudratli qo‘shinlar qurgan va qulatgan, deb o‘rgatishgan. Lekin bir savol bor… Agar tarixni aslida tabiat ham yozgan bo‘lsa-chi? Tasavvur qiling. Bir necha oy davom etadigan qurg‘oqchilik… Muzlagan daryolar… Kutilmagan sovuq qish yoki jazirama. Bular oddiy ob-havo hodisalari emas, balki ayrim urushlarning taqdirini o‘zgartirgan omillar bo‘lgan bo‘lishi mumkin...
Bugun olimlar nega El-Nin’o, qurg‘oqchilik va iqlim o‘zgarishini endi faqat ekologiya emas, balki milliy xavfsizlik va geosiyosat masalasi sifatida ham o‘rganmoqda?

Chingizxon yurishlaridan tortib Amir Temurning harbiy strategiyasigacha, Amudaryo va Sirdaryo taqdiridan tortib XXI asrda suv uchun kurash ehtimoligacha…
Bugun biz iqlim haqidagi eng mashhur afsonalarni ham, eng hayratlanarli ilmiy faktlarni ham birgalikda tahlil qilamiz.

Qiziq, rostdan ham tarixni sarkardalar yozganmi?
Yoki tarixning eng qudratli kuchi tabiat bo‘lganmi?
Shu va boshqa savollarga iqlimshunos va meteorolog olim — Erkin Abdulahatov
bilan ilmiy dalillar va tarixiy faktlar asosida javob izlaymiz.

Batafsil “Iqlim” dasturida: <iframe width="1431" height="805" src="https://www.youtube.com/embed/zIOiC4LCOd4" title="Tarixdagi urushlarga iqlim o‘zgarishi ta’sir qilganmi? — “IQLIM”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA