Tarixchilarning yozgi o‘quv kurslariga start berildi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida O‘zbekiston yosh tarixchilarining birinchi yozgi o‘quv kurslariga start berildi.
Bir hafta davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu tadbirda O‘zbekistonning turli Oliy o‘quv yurti va xalq ta’limi muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin yosh tarixchi yoshlar ishtirok etmoqda.

Yozgi o‘qish davomida ularga Respublikaning yetuk tarixchi olimlari va xorijlik mutaxassislar mahorat darslarini o‘tishi, davra suhbatlari, «Zakovat» o‘yinlari va boshqa turli ma’rifiy, ko‘ngilochar va sport tadbirlari tashkillashtirilishi rejalashtirilgan.

Yosh tarixchilar o‘rtasida hamkorlik va hamjihatlikni yo‘lga qo‘yish, ularni ilm-fanning yangi yutuqlari bilan tanishtirish va malakasini oshirishga mo‘ljallangan ushbu tadbir ilk marotaba tashkil etilganligi bilan e’tiborga molikdir. 10 kunga mo‘ljallangan tadbir Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘idagi «Yoshlar» oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.
D.Mamatova, O‘zA