Targ‘ibot guruhi a’zolari Andijonda
Davlatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida yurtimiz bo‘ylab madaniy-ma’rifiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Shu kunlarda Andijonda aholi e’tiboriga O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, O‘zbekiston xalq artistlari, estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etilmoqda.
Targ‘ibot guruhi a’zolari viloyatning barcha shahar va tumanlarida aholi bilan uchrashib, ularga xush kayfiyat ulashmoqda.
[gallery-2549]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA