Yangi texnologiyalarni terrorchilar ham faol o‘zlashtirmoqda

“Terrorchilar, ekstremistlar eng yangi texnologiyalarni faol o‘zlashtirib olmoqda”. Bu fikr yaqinda BMT Terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha global muvofiqlashtirish shartnomasi kengashi yi-ilishida yangradi.

- Global miqyosda insoniyatga kulfat keltirishda davom etayotgan terror diniy, madaniy  yoki milliy mansubligidan qat’i nazar, sayyoramiz ahli hayotiga xavf solmoqda, - dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish. - Shu bois ayni payt xalqaro aksil terror idoralari faoliyati har qachongidan muhim.

Terror inson huquqi bilan hisoblashmaydi

Terror qashshoqlikni bartaraf qilish sa’y-harakatini qiyinlashtiradi, barqaror siyosiy va iqtisodiy tizim yaratish, iqlim fojeasiga qarshi kurashni kuchaytirishga  to‘sqinlik qiladi. Masalan, dahshatli yo‘qsillik va ocharchilikni boshdan kechirayotgan Afrikaning Sohil va boshqa mintaqalarida terror avj olgan. Kengroq ma’noda terrorizm umumiy qadriyatlarga, institutlar, qonunlar va standartlarga jiddiy zarba beradi.

- Shu sababli “dunyo kun tartibida” terrorga o‘rin bo‘lmagan yanada tinch, barqaror jamiyatni qurish uchun yaxlit va keng qamrovli yondashuvga e’tibor qaratishimiz kerak, - qo‘shimcha qildi Bosh kotib.

Uning ta’kidlashicha, terror inson huquqini inkor etadi va yo‘q qiladi. Demak, xalqaro hamjamiyat ushbu ofatga qarshi kurashayotganda boshqa insonlar huquqini inobatga olmasa yoki inkor etsa, biror muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.

- Terrorizmga qarshi kurash hech qachon inson huquqini inkor etish uchun bahona bo‘lmasligi kerak, – deydi Guterrish.

Terror va texnologiya

BMT Bosh kotibining terrorizmga qarshi kurash masalasi bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Voronkov ta’kidlashicha,  terrorchi tashkilotlarning turli mintaqalarda harakatlanayotgan bo‘limlari o‘z rejasini amalga oshirish uchun global vaziyat bilan bog‘liq hozirgi beqarorlik va  mo‘rtlikdan foydalanmoqda. Masalan, terrorchilar Afrika qiti’asining bir necha mamlakatida yirik hududlarni nazorat qilmoqda. Bunday tahdidning oldini olish uchun  tezkor va keskin chora ko‘rish zarur.

 - Ksenofobiya, irqchilik va  murosasizlikning boshqa ko‘rinishlariga, din yoki e’tiqodga asoslangan terror xuruji soni ham ortib borayotganiga guvohmiz, - deya davom ettiradi fikrini Voronkov. - To‘g‘ri, mudom rivojlanishda bo‘lgan texnologiyalar terrorga qarshi kurash uchun yangi-yangi vositalarni taklif etmoqda. Binobarin, ushbu qurilmalarni ekstremistlar ham faol o‘zlashtirmoqda. Bunga uchuvchisiz boshqariladigan aviatsiya tizimi, ya’ni dronlar yaqqol misol. Demak, ayni tahdidga yanada samarali javob topishimiz lozim.

Dronlarning parvoz masofasi, yuk ko‘tarish imkoniyati oshishi jangarilarga portlovchi moddalarni manzilga eltishda foydalaniladigan qo‘l bola o‘zi uchar qurilmalar qo‘llash imkonini bermoqda. Ular dron yordamida harbiy ob’ekt ustidan kuzatuv olib boradi, targ‘ibot maqsadida, tinch aholi orasida qo‘rquv uyg‘otish uchun roliklar suratga oladi.

Ma’lumki, internet texnologik chegarani har kuni tom ma’noda kengaytirib boryapti. Sun’iy intellekt, blokcheyn, qo‘shimcha ishlab chiqarish va biologik texnologiya kabi innovatsiya vositalari hayotimizga jadal kirib kelmoqda, insoniyat taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqda. Shu bilan birga texnologik yutuqlar terrorchilar faoliyatiga ham qo‘l kelayotgani bor gap. Terrorchilar ijtimoiy tarmoqdan, kodlangan xabar yoki “darknet”dan foydalanib, o‘z mafkurasini tarqatish, mablag‘ yig‘ish va o‘tkazish, yoshlarni radikallashtirish hamda yangi tarafdorlarni jalb qilish, terror hujumini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda. Bundan tashqari ular o‘z g‘oyalarini imkon qadar tez va keng yoyish uchun ijtimoiy media algoritmidan foydalanmoqda. Ekspertlar ta’kidlashicha, bugungi kunda terrorchi guruhlar har qachongidan yaxshi jihozlangan, muvofiqlashtirilgan va qat’iyatli. Terrorchilar biologik qurol yaratish uchun giyohvand moddalardan foydalanishga urinayotgani haqida dalillar mavjud. Ular kimyoviy, biologik yoki radiologik material yetkazib berish uchun dronni ishga solishi mumkinligini hisobga olsak, yuqorida xavotir bilan tilga olingan muammoning oqibatini tasavvur qilish qiyin emas.

Qizil ko‘zli terminator

“Raqamli tahdid” borasida Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilib, texnologik inqilob insoniyat farovonligi uchun xizmat qilishini alohida ta’kidlagandi. Shuning barobarida, u кишилар shaxsiy hayotini boshqalardan ixotalashi mumkin, lekin “Google”dan yashira olmaydi, degan edi.

Xulosa o‘rnida Jonsonning yana bir gapini keltirish o‘rinli:

“Internet bosma nashr paydo bo‘lgan davrdan keyingi eng ulkan ixtiro sifatida ko‘pchilikni shoshirib qo‘ydi. Shunday ekan, haqli savol tug‘iladi: sun’iy intellekt hayotimizni farovonlashtiruvchi vositaga aylanadimi yoki insoniyatni yo‘q qiladigan “qizil ko‘zli terminator”ga? Hamma gap shunda!

Internet materiallari asosida

Saidmurod Rahimov tayyorladi.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taraqqiyotga tahdid