AOKAda Innovatsion rivojlanish agentligi axborot xizmati rahbari Hojiakbar Karimov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, 2023 yilda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan ilmiy loyihalar tanlovlariga ilmiy-tadqiqot sub’ektlari tomonidan yagona elektron platforma orqali jami 906 ta loyiha talabnomasi qabul qilingan. 

Mazkur loyihalarning 29 foizi moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza bosqichlarida hamda 30 foizi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengashlar xulosasiga asosan keyingi bosqichlarga tavsiya etilmagan. 

Qabul qilinmagan loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizom shartlari va talablariga javob bermagan. 

Xususan, taqdim etilgan aksariyat loyihalarda davlat buyurtmasiga mosligi, jumladan loyiha natijasida yakuniy mahsulotni yaratilishiga hamda loyiha natijalari tijoratlashtirish imkoniyatlarining to‘liq yoritilishiga va ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirishda qo‘llaniladigan usul va yondashuvlarning aniq belgilangani, ilmiy yangiligiga e’tibor qaratilmagan. Shuningdek, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarning mavjud emasligi va batafsil yoritilmagani bois keyingi bosqichlarga tavsiya etilmagan. 

O‘tkazilgan tanlovlar natijasiga ko‘ra, 2023 yilda umumiy qiymati 248,3 milliard so‘m bo‘lgan jami 161 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tasdiqlangan. Hozirgi kunda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilayotgan jami loyihalarning umumiy qiymati 970 milliard so‘m bo‘lib, 558 tani tashkil etmoqda. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlovlarda ishtirok etgan ayrim ilmiy loyihalar rad etilgan