Taniştiruv seminari ötkazildi
Bugungi kunda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlaş, taşqi iqtisodiy faoliyatni qonuniy asosda rivojlantiriş, kontrabanda va korrupsiyaga qarşi kuraşiş, davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilişda bojxona organlari zimmasiga katta masʼuliyat yuklangan. Bu vazifalarni samarali bajariş esa, eng avvalo, bilimli, halol, vatanparvar va yuksak kasbiy salohiyatga ega kadrlarga boğliq.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mamlakatda davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş, har bir sohada oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, korrupsiyadan xoli, xalq va davlat manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan kadrlar korpusini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayonda bojxona tizimi uçun munosib kadrlarni tanlaş, ularning kasbiy bilimi va maʼnaviy fazilatlarini yuksaltiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana şu maqsadda Buxoro viloyati bojxona boşqarmasida bojxona organlarida xizmat qiliş istagida bölgan nomzodlar uçun “Bojxona xizmati: kasb, masʼuliyat va şaraf” mavzusida taniştiruv seminari taşkil etildi.
Tadbirda iştirokçilarga bojxona organlarining asosiy vazifalari, faoliyat yönalişlari, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlaşdagi örni, taşqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soliş va milliy manfaatlarni himoya qiliş borasidagi masʼuliyati haqida atrofliça maʼlumot berildi.

Şuningdek, nomzodlar bojxona organlariga xizmatga qabul qiliş tartibi, belgilangan talablar, xodimlarning huquq va majburiyatlari, xizmat vazifalari, kasbiy rivojlaniş hamda lavozim pillapoyalaridan kötariliş imkoniyatlari bilan taniştirildi.
Seminarda bölajak bojxona xodimlarining kasbiy bilimlarini şakllantiriş bilan bir qatorda, ularning maʼnaviy-axloqiy qiyofasi, fuqarolik pozitsiyasi va xizmatga bölgan munosabatiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, korrupsiyaning har qanday körinişiga nisbatan murosasiz munosabatda böliş, qonun talablariga qatʼiy amal qiliş, xizmat intizomini saqlaş, şaxsiy manfaatlarni davlat va xalq manfaatlaridan ustun qöymaslik har bir bojxona xodimi uçun ustuvor mezon bölişi lozimligi taʼkidlandi.
Zero, bojxona xizmati faqat kasbiy bilim va amaliy könikmalar bilan çeklanmaydi. Bu soha xodimdan har qanday vaziyatda qonuniylikka sodiq qolişni, masʼuliyatli qaror qabul qilişni, yurt manfaatlarini şaxsiy manfaatlaridan ustun qöyişni talab etadi. Şu maʼnoda, halollik, vijdonlilik, fidoyilik va vatanparvarlik bojxona xodimi faoliyatining eng muhim mezonlaridir.
Oçiq muloqot ruhida ötgan seminar davomida nomzodlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, soha mutaxassislaridan batafsil javoblar oldilar. Xizmatga qabul qiliş jarayoni, kasbiy talablar va kelgusidagi faoliyat bilan boğliq masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Taʼkidlaş joizki, bunday uçraşuvlar yoşlar va sohada xizmat qiliş istagidagi fuqarolarga bojxona tizimi haqida aniq tasavvur beriş bilan birga, ularning kasb tanlaşdagi masʼuliyatini ham oşiradi. Eng muhimi, davlat xizmatiga şunçaki iş örni emas, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak burç sifatida qaraş tuyğusini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Zero, çegaralar daxlsizligi, iqtisodiy xavfsizlik va milliy manfaatlar himoyasi işonçli kadrlardan boşlanadi. Bojxona xizmatiga munosib nomzodlarni tayyorlaş esa ana şu işonçli tizimning mustahkam poydevoridir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri