Ta’limga sarflangan sarmoya besamar ketmaydi
Ta’limga sarflangan sarmoya kelajakda, albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi.
Bugun Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan e’tibor, xususan nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatining takomillashtirilishi va sonining ko‘payishi kelajak avlodning sifatli ta’lim olishiga xizmat qilmoqda.
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi “Al Khorazmiy School” mas’uliyati cheklangan jamiyati shulardan biridir. Hozirda 3 nafar fuqaro ish bilan band bo‘lgan G‘uzor tumani “Obod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan mazkur o‘quv markazi loyihasining umumiy qiymati 800 million so‘mni tashkil etadi. Shundan mijozning loyihadagi o‘z mablag‘i 300 million so‘mni tashkil etsa, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan 500 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i ajratilgan.
[gallery-7660]
– O‘quv markazimizga 3-11 sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar qabul qilinadi va matematika, ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi, – deydi o‘quv markazi ish yurituvchisi Elyor Bozorov. – Hozirgi kunda 500 nafardan ortiq o‘quvchi o‘qiydi. 50 nafardan ortiq kam ta’minlangan oila farzandlarini bepul o‘qityapmiz. Natijalarimizga keladigan bo‘lsam, o‘tgan yili 200 nafardan ortiq o‘quvchilarimiz oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. 11 nafar o‘quvchimiz Qarshi shahridagi Prezident maktabiga, 1 nafari Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilindi. Kelgusida hali rejalarimiz ko‘p. Xususan, ingliz tili bo‘yicha IELTS kurslarini tashkil qilishni mo‘ljallayapmiz.
O‘lmas Barotov,
Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.