Tahmina Ikromovaga teng keladigani yo‘q
Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha «Yangi O‘zbekiston» xalqaro turnirining saralash bosqichi doirasidagi bahslarning birinchi kuni yakunlandi.
Kun yakunlariga ko‘ra, yakkalik dasturidagi ko‘pkurash bahslarida Taxmina Ikromova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Lola Djurayeva ikkinchi, Anastasiya Saranseva uchinchi o‘rinni egalladi.
Guruh mashqlaridagi ko‘pkurashda esa O‘zbekistonning Mumtozabonu Ishoqzoda, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova, Yasmina Mkrticheva va Yuliya Valevatayadan iborat jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yana bir O‘zbekiston jamoasi — Diana Hakimova, Sofiya Usova, Irodaxon Sadiqova, Milana Safina va Yosina Djurayevalar ikkinchi o‘rinni egalladi. Respublika bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabining Alana Xafizova, Kristina Shin, Nikol Zilotova, Yasmina Sherova, Parizot Obidjonova va Mukarram Sulaymonova tarkibidagi jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ertaga musobaqaning alohida yo‘nalishlarida final bahslari o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA